BOLALAR NASHRLARI FAOLIYATI – DAVR KO‘ZGUSIDA

Yaqinda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida “Bolalar nashrlari faoliyati: yutuqlar, muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar mohiyatini aholining turli qatlamlariga yetkazishda ommaviy axborot vositalari, birinchi navbatda bolalar va yoshlar nashrlarining mas’uliyatini oshirish, tahririyat xodimlarining barkamol avlod tarbiyasiga qo‘shayotgan hissalari, bu boradagi yutuq va muammolar haqida so‘z yuritildi. Tadbirni O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasining raisi I.Halimbekov olib bordi.

Ushbu davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zolari, “Kamolot” YOIH Markaziy kengashi vakillari va faollari hamda bolalar va yoshlar nashrlari bosh muharrirlari, tahririyat ijodiy xodimlari, o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Hozirgi paytda mamlakatimizda bevosita bolalar va yoshlarga yo‘naltirilgan 80 ga yaqin bosma nashrlar chop etilmoqda. Milliy teleradiokompaniya tarkibidagi “Yoshlar”teleradiokanali va uning qoshida faoliyat olib borayotgan “Bolajon” telekanalida, shuningdek boshqa teleradiokanallardagi bolalar uchun mo‘ljallangan ko‘rsatuv va eshittirishlar muharririyatlari ham jismonan sog‘lom, ma’naviy yuksak, keng dunyoqarashli va mustaqil fikrli barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni keng yoritib kelmoqda.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti loyiha rahbari S.Doniyorov, psixologiya fanlari nomzodi M.Yo‘doshev, “Yoshlar teleradoikanali” YOAJ qoshidagi “Bolajon” telekanali direktor o‘rinbosari Sh.Jo‘rayev, “Tong yulduzi” gazetasi bosh muharriri F.Adilovalar mavzuga doir o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Tadbir so‘nggida davra suhbati qatnashchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Gulchehra ShIRINOVA

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Shavkat Mirziyoevga Seul shahrining faxriy fuqarosi unvoni berildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: