ONA TILI VA ADABIYOT FAN OYLIGIDA
Shayxontohur tuman Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ona tili va adabiyot fan oyligi o‘tkazildi. Mazkur oylik davomida tuman miqyosida “Eng namunali fan xonasi”, “Eng namunali dars ishlanmasi”, “Eng namunali tarqatmali ko‘rgazma”, “Eng namunali ochiq dars”, “Eng yaxshi animaöion dars” nominaöiyalari bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
Tanlov shartlari bo‘yicha hakamlar hay’ati tumandagi qator maktablarning moddiy ahvoli, sinf xonalarining zamonaviy jihozlanishi, o‘qituvchilarning bilim darajasi, ularning darslarga o‘ziga xos yondashuvi, texnik vositalar yordamida tayyorlagan ishlanmalari bilan yaqindan tanishib chiqdilar.
Tanlov shartiga ko‘ra “Eng namunali fan xonasi” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘ringa 20-,19-maktabning ona tili va o‘zbek tili xonalari munosib deb topildi. “Eng namunali ochiq dars” nominaöiyasi bo‘yicha 102-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi E’tibor Nazarova, “Eng yaxshi animaöion dars” sharti bo‘yicha 40-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Feruza Rasulova, “Eng yaxshi tarqatmali ko‘rgazma”da 316-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Shahnoza Rajabova, “Eng namunali dars ishlanmasi” sharti bo‘yicha 157-maktab o‘qituvchisi Shohida Samadovalar g‘olib deb topildi.
Tanlov so‘nggida g‘olib bo‘lganlar Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘tkaziladigan shahar bosqichiga yo‘llanma olishdi.
Manzura RAHIMOVA