Barcha mehr va e’tiborda

Samarqand viloyatida “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan salomatlik haftaligi o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!” shiori ostida tashkil etilgan tadbir doirasida poytaxtimiz va viloyatdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish va tibbiyot institutlarining yetakchi olimlari, yuqori malakali shifokorlari chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.

– Haftalik davomida birinchi navbatda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj bemorlar, nogironlarni ko‘rikdan o‘tkazish ko‘zda tutilgan, – deydi Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Aziz Jo‘rayev. – Shu bois tadbir boshlangunga qadar bemorlar ro‘yxati shakllantirilib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratildi. Bundan tashqari, keng aholi qatlami vakillari ham mutaxassislardan o‘z salomatliklari bo‘yicha tegishli maslahatlar olmoqda.

– Tez-tez qon bosimim oshib, o‘zimni behuzur sezaman, – deydi Jomboy tumani G‘azira mahallasida yashovchi Mavluda Erjigitova. – Bugungi ko‘rikda bir necha mutaxassis nazoratidan o‘tib, xastaligimning asosiy sabablarini bilib oldim. Ular kasalligimga aniq tashxis qo‘yib, davo muolajalari tayinladilar.

Haftalik doirasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda.

G‘.HASANOV,

O‘zA muxbiri

Яна ўқинг:  XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-48)

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: