BMT – DUNYo BO‘YLAB KENG QULOCH YOYGAN INSONPARVARLIK

Yaqinda “Toshkent Plaza” art-markazida Birlashgan millatlar tashkilotining 69 yilligi munosabati bilan BMTning O‘zbekistondagi agentliklari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanni BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner kirish so‘zi bilan ochdi. U Milliy Mingyillik rivojlanish maqsadlari sari yo‘naltirilgan BMT va O‘zbekiston hukumatining hamkorligi natijalari bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. Shuningdek, ushbu tadbirda BMTning Ko‘ngillilar dasturi, Taraqqiyot dasturi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Ayollar tuzilmasi, Preventiv diplomatiya bo‘yicha Markaziy Osiyodagi mintaqaviy markaz, Jahon banki, YUNYeSKO, YUNISEF, YUNODK, YUNFPA, YUNEYDS kabi agentliklarining rahbarlari o‘z faoliyatlariga doir savollarga javob berdilar.

Hozirda yurtimizda BMTning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti(JSST), Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA), Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNYeSKO), Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (YUNODK), Taraqqiyot dasturi, OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturi(YUNEYDS) vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘tgan yigirma yil davomida BMT O‘zbekistonga 340 million AQSH dollari miqdorida beg‘araz ko‘mak berdi. 2013 yilda shundan 29,8 million dollar miqdoridagi mablag‘ mamlakatimizda iqtisod, boshqaruv, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohasini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, narkotrafik (giyohvand moddalarni davlatlar chegarasidan noqonuniy olib o‘tish)ga qarshi kurashni kuchaytirish hamda yurtimizning madaniy merosini asrab-avaylash, atrof-muhitni muhofaza etish, shuningdek, OIV/OITS ning tarqalishining oldini olishga ajratildi.

Gulchehra ShIRINOVA

Yana o‘qing:  Milliy kutubxonada pulli xizmat ko‘rsatish narxlari o‘zgardi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: