O‘ZBEKISTONDA ILK BORA JINSI KIYIMLAR ISHLAB ChIQARISH YO’LGA QO‘YILDI

Bir necha haftadan so‘ng O‘zbekiston bozorlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsuloti bo‘lgan jinsi shimlar savdoga chiqadi. Bu borada Samarqanddagi B.S.H Group korxonasi birinchi bo‘ladi.

Toshkentda 13 oktyabr kuni ochilgan Xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasida o‘z mahsulotlarini namoyish etgan ushbu kompaniya bosh direktori Ismat Omonov so‘zlariga ko‘ra, jinsi mato Turkiya va Hindistondan keltiriladi, kiyimlar esa Samarqandning o‘zida tikiladi.

Ayni paytda ishlab chiqarish quvvati smenada 8 soatlik 1,5-1,8 mingta shimga teng. Yil oxirigacha ushbu ko‘rsatkichni bir smenada 5 mingtagacha yetkazish rejalashtirilgan. Ishlab chiqarishga jami uch million dollar sarmoya kiritilgan.

Bugungi kunda 200 nafar xodimga ega bo‘lgan korxona erkaklar, ayollar, bolalar jinsi shimlari, kurtkalar, yubkalar, kombinzonlar va boshqalarni ishlab chiqaradi. Kompaniya vakillari aytishicha, narxlar 40-70 ming so‘m atrofida bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Til haqida maqollar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: