TASHXIS QO‘YISH VA DAVOLASHDA YANGICHA YONDASHUV

Kuni kecha Toshkent shahrida “Neyromed servis” ixtisoslashtirilgan xususiy nevrologiya markazi o‘z faoliyatini qayta boshladi.

Endi mazkur tibbiy muassasada bemorlarga zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanib markaziy va asab tizimining funksional va organik buzilishi xastaliklariga tashxis qo‘yiladi va malakali mutaxassislar tomonidan davo choralari qo‘llaniladi. Shuningdek, mutaxassis-shifokorlar tomonidan nafaqat nevrologiya sohasiga doir, balki turli a’zo va tizimlar kasalliklari borasida ham bolalar hamda kattalarga maslahat-tashxis yordami ko‘rsatiladi.

– Ayni vaqtda aholi orasida nevrologik kasalliklar ko‘p uchramoqda, – deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Yoqutxon Majidova. – Ularni davolashda shifokor tomonidan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalardan foydalanib to‘g‘ri qo‘yilgan tashxis muhim ahamiyatga ega. Markazimizda shunday kasalliklar qayd etilgan bemorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolash borasida barcha imkoniyatlar mavjud.

Darhaqiqat, ushbu klinika kechayu kunduz bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniga ega. Markazda 20 o‘ringa mo‘ljallangan statsionar ham faoliyat yuritmoqda. Bu yerda davolanayotgan bemorlar yaratilgan sharoitlardan mamnun.

J. HAYDAROVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Tibbiy-ijtimoiy markaz: el sog‘ligi uchun jonbozlik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: