Yaxshi yangiliklar ko‘paymoqda

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tkazilayotgan XVII yozgi Osiyo o‘yinlarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan sportchilarimiz safi kengayishda davom etmoqda.

Erkin kurash bo‘yicha 70 kilogramm vazngacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Vatanimiz sharafini himoya qilgan kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov finalda janubiy koreyalik Ox Manxoni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Kurashchimiz nimchorak finalda tojikistonlik Somirsho Vohidovni, chorak finalda xitoylik Ling Xaiveini, yarim finalda Kunchiqar yurt vakili Kojima Takafumini bahslardan chiqarib yuborgan.

Olimpiada o‘yinlari dasturidan o‘rin egallagan Taekvondoning (WTF) yo‘nalishi bo‘yicha vazni 87 kg.gacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqada Vatanimiz sharafini himoya qilgan Jasur Boyqo‘ziyev o‘z vaznida qit’aning eng kuchli sportchisi ekanligini amalda yana bir karra isbotladi.

Hal qiluvchi final bahsida Tailand vakili Nattapat Tantramart bilan bahs yuritgan Jasur Boyqo‘ziyev raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 7:2 hisobida zafar quchib, Osiyo o‘yinlarining oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, shu paytga qadar O‘zbekiston taekvondochilari Osiyo o‘yinlarida birinchi o‘rinni egallashmagan edi. Demak, Jasurbek O‘zbekiston sporti tarixida yangi sahifa ochdi.

Yengil atletikaning ko‘p kurash bahsida Yekaterina Voronina oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. U so‘nggi bahs – 800 metrga yugurish bahslarida xitoylik Kuing Ling Vangdan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha (S1) 1000 metr masofaga o‘tkazilgan hal qiluvchi final bahsida hamyurtimiz Vadim Menkov marra chizig‘iga 3.57, 40 soniyada yetib kelib, Osiyo o‘yinlarining navbatdagi oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Terma jamoamizning yana bir a’zosi Aleksey Machalov ham Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 1000 metr masofaga o‘tkazilgan poygada marra chizig‘iga birinchi bo‘lib yetib kelib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Tajribali sportchimiz belgilangan masofani 3.39,87 soniyada bosib o‘tib, eng yaqin ta’qibchisi eronlik Ahmadrizo Tolibianni qariyib besh soniya ortda qoldirdi.

Erkin kurash bo‘yicha 74 kilogramm vaznda musobaqada ishtirok etgan Rashid Qurbonov Osiyo o‘yinlari finalida eronlik Izzatullo Akbarizarinkolaini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Final bahsida Rashid Qurbonov 3:1 hisobida raqibidan ustun kelgan. Ushbu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi hisobidagi oltin medallar soni 6 taga yetdi.

Hamyurtlarimiz yana 7 ta kumush hamda 14 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida 12-o‘rinda borishmoqda.

Yana o‘qing:  Cho‘ntakbop dazmol

F.Tolipov

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: