Hurmatli yurtdoshlar! Muhtaram poytaxtimiz mehmonlari!

Yosh avlodni milliy mustaqillik g‘oyalari va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qo‘magida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar markazlarida “Sog‘lom bola yili”ga bag‘ishlab “Sog‘lom va ma’naviy yetuk avlod – yurt kelajagi!” shiori ostida “Bolalar kitobi” respublika festivali o‘tkazilmoqda.

Festivalning bosh tadbiri joriy yilning 18-19 sentyabr kunlari Toshent shahridagi G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida sayl tarzida o‘tkaziladi.

19 sentyabr kuni esa “Turkiston” san’at saroyida festival yakuniga bag‘ishlangan “Kitob – ma’naviyat sarchashmasi” shiori ostida teatrlashtirilgan shou-dastur namoyish etiladi.

Festivalda respublikaning yetakchi nashriyotlari tomonidan nashr etilgan bolalar kitoblari, jumladan, mumtoz adabiyot namunalari, eng sara badiiy asarlar, ma’naviy-ma’rifiy, ensiklopedik adabiyotlarning taqdimot marosimlari, chegirmali kitob savdosi, shuningdek, bolalar adib va shoirlari, noshirlar bilan ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Barcha kitobsevarlarni respublika “Bolalar kitobi” festivaliga taklif etamiz!

Festival tadbirlariga kirish bepul!

Yana o‘qing:  Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi o‘tkaziladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: