Bilim sarhad bilmaydi

Barchamizga ma’lumki, millat va xalqning dunyoqarashi, turmush tarzini ifoda etadigan milliy ma’naviyatga munosabat, uni zamon talablari asosida rivojlantirish, odamlar tafakkurini o‘zgartirish masalasi har tomonlama chuqur va puxta o‘ylab ish yuritishni talab qiladi. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlab, avvalo, ta’lim tizimini izchil yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini ishlab chiqdi. Istiqlolning shukuhli yillarida sohada qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz bilan faxrlansak arziydi.

O‘zbekiston bugun rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin olgani jahon xalqlari tomonidan e’tirof etilmoqda. Hamdo‘stlik davlatlari bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatib, barcha sohada mustahkam hamkorlik olib bormoqda. Birgina ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida, yoshlarning kuchli bilim egallashlari, tajriba almashishlari, til o‘rganishlari va eng muhimi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida yurtimizda chet el oliy o‘quv yurtlarining filiallari tashkil etilmoqda.

Xususan, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti, Toshkent xalqaro Vestminister universiteti, Turin politexnika universitetining faoliyati ta’lim sifatini oshirish bilan bir qatorda, yoshlarning til o‘rganishlari va xorijda amaliyot o‘tashi, do‘stlar orttirishiga zamin hozirlayotir.

Mustaqilligimizning yigirma uch yillik shodiyonasi arafasida yana bir quvonchli xabar, Prezidentimizning 2014-yil 24-mart kuni imzolagan qaroriga muvofiq Toshkentda Janubiy Koreyaning Inha universiteti tashkil etildi. Universitet amaliy va nazariy malakaga ega, dunyo miqyosidagi raqobatlarga dosh beradigan informatsion texnologiyalar bo‘yicha kadrlarni yetishtirish maqsadida ochildi.

Inha universitetiga bu yil 150 nafar talaba qabul qilinadi. Ularning 70 nafari kompyuter injiniringi, 80 nafari dasturiy injiniring va kompyuter tarmoqlari injiniringi yo‘nalishlarida ta’lim oladi. Darslar proffesor ustozlar tomonidan ingliz tilida olib boriladi. Inha universiteti (Koreya Respublikasi) o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Ayni paytda universitet uchun yangi o‘quv binosi barpo etilmoqda va u joriy yilning 1-okabridan foydalanishga topshiriladi hamda ilk o‘quv yili boshlanadi. Universitet bitiruvchilariga Inha universiteti (Koreya Respublikasi)ning belgilangan namunadagi, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat, deb tan olinadigan diplomi beriladi.

Bundan bir qancha yillar oldin yoshlar malakali mutaxassislardan ilm olish va yetuk kadr bo‘lish uchun chet elga borishardi. Bugun esa xorij talabalari bizning yurtimizga kelib tahsil olishmoqda. Bu, albatta, iml-fan sohasida qo‘lga kiritayotgan yutuqlarimiz samarasidir. Tili, millati, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar ezgu maqsadlar yoshlarni, xalqlarni birlashtiradi.

Yana o‘qing:  “Kampirdevor” bitiklari

Elimiz mehmondo‘st va bag‘ri keng, xalqimiz ezgu niyatli insonlarga do‘stlik qo‘lini uzatadi. Biz yurtimizda, butun zaminda hamisha tinchlik, osudalik bo‘lishi tarafdorimiz. Shu bois doimo ma’rifatga intilamiz, zero faqat ilm ziyosigina insonni, mamlakatni nurli manzillar sari eltadi. Ma’naviyati yuksak bo‘lgan davlatni hech qanday kuch yenga olmaydi.

D. QARSHIBOYEVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: