Germaniyada davolanadi

“Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘lur, qudratli elning farzandlari sog‘lom bo‘lur” degan edi Yurtboshimiz. Ushbu g‘oyani ilgari surgan “Sog‘lom avlod uchun” halqaro xayriya fondi bemor bolalarni chet el nufuzli klinikalarida davolash bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqdi.

Onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, kam ta’minlangan oiladagi bemor bolalarga ijtimoiy va tibbiy jihatdan ko‘mak berish borasida muhim ishlarda nafaqat davlat tashkilotlari, balki, nodavlat tashkilotlari ham katta hissa qo‘shmoqda.

2002 yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Germaniyaning “Friendsdorf International” xalqaro tashkiloti hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan edi. Hamkorlik doirasida 12 yoshgacha bo‘lgan bemor va nogiron bolalarni davolash va reabilitatsiya qilish bilan shug‘ullanadilar. 2002-2014 yillar davomida 249 nafar bemor bola terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va boshqa tashxislar bilan Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanishdi.

Shuningdek, 172 nafar tug‘ma lab-tanglay nuqsoni bo‘lgan nogiron bola jarrohlik operatsiyalari bilan davolandi. Xayrli ishlar davom ettirilgan holda, 20 avgust kuni 15 nafar bemor bola fondning vakillari hamkorligida Germaniyaga jo‘nab ketdi. Ular yuksak texnologiyalar asosida murakkab jarrohlik operatsiyalari natijasida sog‘lomlashtirilishi rejalashtirilgan.

Ona Vatanimizda farzandlar kelajagini, ularning sog‘lom, barkamol voyaga yetishini ta’minlash ustuvor masaladir. Zero, bolalalar salomatligi – yurt boyligi.

N. NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  Shaxmatchilarimizni dunyo tan olmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: