FOND faoliyatidan (2014/33)
Shahar tayanch maskani Tibbiy-ijtimoiy markaz shifokorlari hamkorligida Xamza tumani “Bunyodkor” va “Yangiqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi jami 161 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va voyaga yetmaganlar o‘rtasida “Erta turmushga chiqishning salbiy oqibatlari”, “Qarindoshga quda bo‘lmang!”, “Skrining tekshiruvini bilasizmi?” kabi mavzularda davra suhbatlari uyushtirildi.
Fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Marg‘ilon shahrida va So‘x tumanida aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, reproduktiv salomatlik va oilada tibbiy madaniyatni oshirish mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.
Fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Yangiobod tumanidagi “Balandchaqir”, “Istiqlol” va “Pastkichaqir” qishloq vrachlik punktlarida jami 514 nafar kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Karmana tumanining “Ayronchi” va “Xonchorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, bir qator mavzularda davra suhbati o‘tkazilib, fond tomonidan mavzuga oid bukletlar tarqatildi.
Fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Sho‘rchi tumanining “Ozod”, “Ozodlik” va “Ezgulik” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi o‘smir bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Abbosjon ERGASHEV,
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi matbuot kotibi