YAGONASAN, muqaddas Vatanim

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Vatanimiz mustaqilligining 23 yilligiga bag‘ishlab “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar hokimligi, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi, madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, Chilonzor, Mirobod, Bektemir tumanlari hokimliklari hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi hamda shoirlar, san’atkorlar, tadbirkorlar, mahalla faollari, yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda ta’lim, fan, sport va boshqa sohalarda salmoqli yutuqlarga erishayotgan iqtidorli yoshlarga tashkilotchilar tomonidan bayram sovg‘alari topshirildi. Korxonalar, tadbirkorlik sub’yektlari, hunarmandlar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, mahallalar faoliyatiga oid ko‘rgazma namoyish etildi. “Non sayli”, shuningdek, serquyosh zaminimizda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari, kasb-hunar o‘quv markazlari tomonidan tashkil etilgan milliy hunarmandchilik an’analari o‘z ifodasini topgan stendlar barchaga manzur bo‘ldi.

Taniqli san’atkorlar, yosh ijrochilar ishtirokidagi konsert dasturi bayram tadbiriga yanada fayz bag‘ishladi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Kecha va bugun (2014/32)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: