Sport tanni toblaydi

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida marafon bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Toshkent shahar hokimligi hamda BMTning Aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda ayollar, mahallalardagi “Orasta yoshlar” axborot-maslahat guruhlari vakillari, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

Ma’lumki, mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, ayniqsa, sportni ayollar orasida keng targ‘ib etish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Tashkil etilgan mazkur tadbir ham ana shunday xayrli ishning uzviy davomidir.

Marafonda sport bayrami ishtirokchilari bir kilometrlik masofaga yugurish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Shuningdek, aksiya doirasida tashkil etilgan shashka musobaqasi, “Yoz o‘tadi soz” mavzusidagi rasmlar tanlovi bolajonlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarishga xizmat qildi. Ayniqsa, mahallalardagi ayollar sport jamoalari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, sport majmualarining gimnastikachi qizlari ishtirokidagi dastur namoyishi ham bayramga ko‘tarinkilik ulashdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.

M. TOLIPOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Яна ўқинг:  Инглиз тилидаги иншолар танлови ғолиблари тақдирланди

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: