Ro‘za va salomatlik

Amerikalik mutaxassis Pol Bregg o‘zining ellik yillik shaxsiy tarjibasi mahsuli o‘laroq “Mo‘jizakor ochlik” degan kitobini yozdi. Dunyodagi ko‘plab tillarga tarjima qilingan bu kitob ro‘zaning inson sog‘ligi uchun eng zarur omil ekanining o‘ziga xos tashviqotchisiga aylandi.

Darhaqiqat, mutaxassislarning e’tirof etishicha, inson tug‘ilganidan to vafotiga qadar uzluksiz ishlagan hazm a’zolariga yilning ma’lum bir oyida yarim kundan (12-17 soatdan) hordiq berib turishi tibbiy jihatdan foydali ekan. Ro‘za tutish tanga foyda keltiradi va uni turli xastaliklardan saqlaydi. Buni tibbiyot ham inkor qilmaydi. Vujud bir oy davomida tubdan o‘zgargan bir ta’minot tartibiga moslashadi va xastalikka qarshi kurash qobiliyati ortadi, oziq-ovqat mahsulotlaridan to‘la foydalanish uchun zarur vaqt bilan ta’minlanadi. Odam kun bo‘yi yengil vujud bilan ishlash, kechasi esa to‘la dam olish va kuch yig‘ish imkoniga ega bo‘ladi. Bu asnoda ko‘rsatilgan sabr va toqat, shaxsiyat kamolida katta ahamiyat kasb etadi. Qonning ichakda emas, miyada “ishlashi” natijasida kishi sog‘lom fikrlaydi, hodisalarni to‘g‘ri baholaydi va dunyoqarashning aniqligiga erishadi. Demak, ro‘zaning zarari to‘g‘risidagi gap butunlay puchdir.

Tibbiyot muassasalarida olib borilgan bir tadqiqotda qog‘oz elektroforez usuli bilan ro‘za tutganlarning vaksina proteinlari o‘rganildi va ro‘zaning vaksina proteinlari uzra salbiy ta’siri bo‘lmasligi olimlar tomonidan e’lon qilindi.

Saksoniyaning Drezden shahridagi kasalxona xodimlari Henri Laxman, Bersher Bener, Molyerilar esa kasallarni ro‘za tuttirib davolamoqda. Bugun ovqatlanishni nazorat qilish, parhez bilan davolash ishlari olib borilmoqda. Ro‘zaning yana bir foydali tomoni shundaki, u qon ishlab chiqarilishini ko‘paytiradi. Ro‘za tutgan odamning qonida ozuqalar kamayganda suyak iligi uyg‘onadi (ishga tushadi). Shu sababdan qonga “boy” kishilardan farqli ravishda qoni kam kishilar ro‘za tutganlarida qon ishlab chiqarish ko‘payadi. Saraton kasalligining o‘sishini susaytiradi. Buning mohiyatini professor Trub izohlab o‘tgan.

Eng ajablanarlisi, ro‘za bilan davolovchilar kishi sog‘-salomat yurishi uchun yiliga 28-32 kun ixtiyoriy och qolishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Buyuk vatandoshimiz shayxurrais Abu Ali ibn Sino ham kishilarni ochlik yo‘li bilan davolagan.

(Davomi bor.)

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li,

Shayxontohur tumani bosh imom xatibi

Yana o‘qing:  Nashr dizayniga zamonaviy yondashuv

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: