Qarash

Hamma vaqt emasu, ba’zan narsa-hodisaga bir tomonlama qarab baho, ta’rif beramiz. Natijada xato qilib qo‘yish mumkin. Holbuki unga har tomonlama e’tibor qilinsa, butunlay boshqa, hatto avvalgisidan tamomon farqli, zid fikr xulosaga kelish mumkin. “Talqin” degan bir bitigim bor edi:

Dedingki: bu chorraha-

Urush-ajralish joyi.

To‘rtta yo‘l to‘rt tarafga

Ketgandir boshin olib.

Ozgina o‘ylab so‘yla,

Qara, qanday chiroyli:

To‘rt yoqdan kelgan yo‘llar

Boshi birikkan joy bu!

Nur va soya

Tabiatda nur va soya, oq va qora, tun va kun kabi zidliklar bor va bu tabiiy. Inson hamish nur va ziyo sari borishi kerak. Zero, quyoshga yuzma-yuz yurgan odamning yuzi nurli, soyasi esa orqada qoladi. Shu kabi, yaxshilik, ezgulikka yuzlangan odamdan ham yomon odatlar soyadek ortda qoladi. Tabiiyki, bunday kishilarning doimo yuzi yorug‘ bo‘ladi.

Dilshod RAJAB

Yana o‘qing:  Yurt himoyasi – yigitga sharaf

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: