“ASAL”NING ShIRIN QIZALOQLARI

xalq qo‘shiqlarini dunyoga tarannum etmoqda

“Barkamol avlod” bolalar markazi – intiluvchan yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqaruvchi maskan. Ta’kidlash joiz, yurtimizda o‘tkaziladigan har qanday nufuzli tadbirlaru tanlovlar ushbu markaz hamkorligisiz o‘tkazilmaydi. Shayxontohur tumanida joylashgan ushbu muassasa yosh musavvirlar, raqs folklor ansambli, mohir qo‘llar kabi yo‘nalishlar bo‘yicha iqtidorli yoshlarga tahsil berib kelmoqda.

– Hindistonga borganimizda bizni juda yaxshi kayfiyat bilan kutib olishdi. Afsonaviy mamlakat menda katta taassurotlar qoldirdi. Biz Hindistonning Shimla shahrida bo‘lib o‘tgan “Folklor raqs” konkursida ishtirok etib qaytdik. Bir necha davlatlar orasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishim yangi yutuqlar sari undashga zamin hozirlaydi, – deydi “Asal” folklor jamoasi ishtirokchisi Diyora Baxtiyorjonova.

2008 yil Shirin Fayziyeva boshchiligida o‘z faoliyatini boshlagan “Asal” folklor jamoasi 2013 yil “Milliy raqslar” respublika ko‘rik tanlovida 2-darajali, 2014 yil “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik tanlovida esa diplomlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, jamoa yurtimizda o‘tkazilgan sambo bo‘yicha Osiyo chempionati, gimnastika bo‘yicha jahon kubogi, parolimpiadalarda o‘z raqslarini namoyish etib kelmoqdalar. Ayniqsa, o‘tgan yili “Asal” folklor jamoasi a’zolari uchun unitilmas yil bo‘ldi. Sababi ular Hindistonda xalq og‘zaki ijodimizning ajralmas bo‘lagi – folklor raqs janri bo‘yicha 12 ta viloyatimizga xos folklor milliy raqs dastasini taqdim etib qaytishdi. “Folklor raqs” konkursida Meksika, Indoneziya, Shiri-lanka va Pokiston kabi qator davlatlar ishtirok etdi. Ayniqsa, milliy raqslarni maromiga yetkazishgan jajji qizlarimiz tomonidan ijro etilgan hind milliy raqsi mahalliy aholini hayratga soldi va tanlovga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

– Menga bolalar bilan ishlash juda yoqadi, – deydi “Asal” folklor raqs jamoasi murabbiyi Shirin Fayziyeva. – Dastlab ushbu guruh tashkil etilganida tahsil oluvchi yoshlarimiz kam sonli bo‘lishiga qaramay, qator yutuqlarga erisha boshladik. Hozirgi kunda esa 100 nafardan ortiq qizlarga Komila Zokirova bilan birga raqs sirlaridan saboq beryapmiz.

Mamlakat suyanchi va tayanchi – zamonaviy bilim sohiblari bo‘lgan ongli fikrlaydigan yoshlardir”. “Barkamol avlod” bolalar markazi binosining peshtoqida bitilgan Yurtboshimizning ayni fikrlarini bu yerdagi ijodiy jarayon, iqtidorli yoshlarning erishiyotgan yutuqlari tasdiqlab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, “Asal” folklor jamoasi ayni paytda Xitoyning Lanjao shahrida bo‘lib o‘tayotgan “folklor raqs” festivalida ishtirok etmoqda.

Yana o‘qing:  TIKUVCHI QIZ tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Fayoza AVLAYEVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: