Bardavom qadriyatlar

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Mahallaning eng orasta qizlari” respublika forumi tashkil etildi.

2013 yilda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan yurtimizdagi barcha mahallalarda “Orasta qizlar davrasi” to‘garaklari tashkil etildi. Ushbu to‘garaklarning asosiy maqsadi mahalla qizlarida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘z xonadoni, mahallasi, atrof-muhit tozaligiga e’tiborni kuchaytirish, ekologik va tibbiy madaniyatni yuksaltirishdan iborat.

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturida ushbu jamoat tuzilmalari ishini yanada jonlantirish, yoshlar ongiga milliy qadriyatlarimizni chuqur singdirish, ularda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. To‘garak asosida tashkil etilgan “Orasta qizlar davrasi” ko‘rik-tanlovlarida mamlakatimiz bo‘yicha ellik ming nafardan ortiq qiz qatnashdi. Har bir tuman, shahardan bir nafardan ishtirokchi tanlab olinib, muayyan hudud jamoasi shakllantirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahallalari qizlaridan tashkil topgan 14 jamoa ishtirok etdi. Forum doirasida jamoalar Vatan, oila muqaddasligi, salomatlik va gigiyena, yurtimizda joriy etilgan 12 yillik ta’lim tizimining samaradorligi, muomala madaniyati, oila odobi, xonadonlar obodligi, milliy an’ana va qadriyatlarimizning mazmun-mohiyati haqidagi bilimlarini namoyish etdi. Ayni paytda ularning yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta turmush qurishning oldini olish, odam savdosining og‘ir oqibatlari, “ommaviy madaniyat”, mafkuraviy tahdidlarga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Ishtirokchilar sahna ko‘rinishi, videolavha, badiiy ijro, rasm va plakatlar vositasida muayyan mavzuni ochib berdi.

G‘olib va sovrindorlarga diplom va sovg‘alar topshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova ishtirok etdi.

M.XO‘JAMURODOVA

Yana o‘qing:  ONA-BOLA SALOMATLIGIGA BAG‘ISHLANDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: