XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2014/26)
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish” to‘g‘risidagi qarori matbuotda e’lon qilindi.
- Qarorda O‘zbekiston musulmonlari idorasi axboroti bilan 2014 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 28 iyun kuniga to‘g‘ri kelishi belgilangan.
- O‘zbekiston Milliy matbuot markazida poytaxtimizda “Sog‘lom bola yili” davlat dasturida belgilangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
- Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Talabalarning eng yaxshi innovatsion biznes loyihasi” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
- Sirdaryoda “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” shiori ostida ayollar sport festivali bo‘lib o‘tdi.
- O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “San’at va madaniyat sohasida uzluksiz ta’lim: bugungi kun holati va muammolari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
- Qashqadaryoda “Yurt kelajagi” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.