Axborot texnologiyalari

Undan tarbiya vositasi sifatida foydalansa bo‘ladimi?

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Xususan, ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish ham ustuvor vazifa sifatida qayd etilgan. Bundan ko‘rinadiki, ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining mavqei oshib boradi, televideniye va radioning ta’lim dasturlari intellektuallashuvi ta’minlanadi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashning barqaror tizimi shakllantiriladi. Bu tizim o‘quv muassasasiga nisbatan ma’lumotlarning tashqi manbai sifatida gavdalanadi.

Tarbiya ishlarida yaxlit axborot makonidan to‘g‘ri va samarali foydalanish, so‘zsiz muhim. Ayni paytda ma’lumotlarning ichki axborot manbai mavjudligidan boxabarlik va uning salohiyatini ishga solish dolzarb muammo bo‘lib turibdi. Ma’lumotlarning ichki axborot manbai sifatida, o‘qituvchi, o‘quv muassasasining yordamchi tarbiya bo‘g‘inlarining ikki turi mavjud. Birinchisi talabalar turar joylaridagi ma’naviyat xonalari, muzeylar, kutubxona, radiouzel, teleko‘rsatuv markazi, nashriyot, ro‘znoma va ma’naviyat va ma’rifat maskanlari bo‘lsa, ikkinchisi kompyuter sinf xonalari, hisoblash markazlari, kompyuterlarning lokal tarmog‘i, fan kabinetlari va hokazolarni tashkil qiladi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida “Zamonaviy axborot texnologiyalari, komp’yuterlashtirish va komp’yuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi”, deyilgan. Bunday yondashuv o‘quv muassasalari yordamchi tarbiya bo‘g‘inlarini rivojlantirishda amaliy dastur bo‘lishi kerak. Bu yo‘lda yordamchi tarbiya bo‘g‘inlarining birinchi turini yuksaltirish uchun texnologiyalashtirish, zamonaviy komp’yuter, axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash, axbort ta’minotini ishlab chiqish va qo‘llash zarur.

Hozirgi kunda o‘quv muassasalari, barcha yordamchi o‘quv tarbiya bo‘g‘inlari talabalari va mutaxassislari axborot texnologiyalaridan samarali foydalanadi. Hamda informatika fanini o‘qitish samaradorligi axborot texnologiyalari muhiti tezkorlik va izchillik bilan joriy etilishiga bog‘liq. Axborot texnologiyalari va mos maxsus dasturiy ta’minotning rivojlanish jadalligi ko‘p hollarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi talab va extiyojlardan o‘sib, hatto bu sohalarning rivojlanish omili sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Bu holat talabani va o‘quv muassasalari yordamchi tarbiya bo‘g‘inlari mutaxassislarini muttasil tarzda zamonaviy axborot texnologiyalari, ularning maxsus dasturiy ta’minotini yetarli darajada chuqur o‘rganishga undaydi.

Yana o‘qing:  Bag'ri guliston...

O‘quv muassasalari, yordamchi tarbiya bo‘g‘inlarini takomillashtirish maqsadida axborot texnologiyalarining qo‘lanilishi va ulardan samarali foydalanish o‘ziga xos omillarga ega. Avvalambor, pedagog va talaba faoliyatining keskin o‘zgarishiga, shu bilan birga talabaga yetkazilishi lozim bo‘lgan axborotlarning voqea va hodisalarning mumkin qadar chuqurroq o‘rganilishi va o‘zlashtirilishi uchun imkoniyat paydo bo‘ladi.

G.UMARJONOVA,

FarDU o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: