Kulgu-shifo (2014/24)
Kechga qolgan tomoshabin teatrga halloslab kirib, nazoratchiga chiptasini uzatdi. Nazoratchi ogohlantirdi:
– Tomosha allaqachon boshlangan.
Zalga sekin, oyoq uchida qadam tashlab kiring.
– Nima, darrov uxlab qolishdimi?
* * *
– Og‘ayni, uyga rosa kech qoldik. Endi xotinimga nima deyman?
– Nima ham derding, “keldim” deysan, qolganini xotining davom ettiraveradi.
* * *
– Onasi, nuqul papkangizni qoldirib keldingiz, deb tanbeh berarding. Mana, ko‘rib qo‘y, bugun olib keldim.
– Nima? Ertalab papkasiz chiqib ketgandingiz-ku?