Bolalarga bering dunyoni

Poytaxtimizdagi “Toshkent-Lend” bolalar istirohat bog‘ida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Har bir farzandga mehr, e’tibor” shiori ostida xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi.

An’anaga aylangan mazkur tadbir “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, “Sen yolg‘iz emassan” bolalar jamoatchilik jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklari, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida tashkil etildi.

Bayram tadbirida poytaxtimizdagi “Mehribonlik uylari”, Sirdaryo viloyatidagi Guliston Bolalar shaharchasi hamda “SOS” – Bolalar mahallasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari tizimida o‘z xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan temiryo‘lchi oilalar farzandlari, jami 1 ming 300 nafar bola uchun barcha ko‘ngilochar atraksionlar bepul tashkil etildi.

Yana o‘qing:  Yoshlik, barkamollik va sport bayrami

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: