Chin yurak so‘zini aytib

“Medpunkt eshigi nega qulf”. Mazkur sarlavha ostida Xazorasp tuman gazetasida chop etilgan 5-sinf o‘quvchisining maqolasi vaqti kelib qishloq tibbiyot punkti mudirini ishdan olishgacha boradi, deb kim o‘ylabdi, deysiz. Maqola turtki bo‘lib, maxsus komissiya tuzilib, “burniga xoda yetmaydigan” mudirning kovushini to‘g‘irlab qo‘yishdi. Qishloq ahli “Jabbor o‘g‘lim, senga, otanga rahmat-ey”, deya hursand bo‘lishdi. Chunki medpunktga endi yaxshi ishlaydigan tibbiyot xodimi kelishiga umid uyg‘ongan edi.

Shu-shu Jabbor Razzoqovning maqolalari tuman, viloyat gazetalarida birin-ketin chop etila boshladi. Keyinchalik “Gulxan” Respublika bolalar jurnali fototanlovida qatnashib, uchinchi o‘rin sohibi bo‘ldi. Qalbi quvonchga to‘lgan yosh qalamkash bir umrga jurnalistika sohasi bilan taqdirini bog‘lashga qaror qildi.

Jurnalistika sohasiga bo‘lgan muhabbat bois Jabbor Razzoqov Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) ning jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirdi. Talabalik yillari yoshlar gazetalarida kuryer, musahhih bo‘lib ish faoliyatini boshlagan J.Razzoqov keyinchalik “Tong yulduzi”, “Turkiston” gazetalarida Bosh muharrir lavozimlarida ishladi.

Bag‘rikeng, mehribon ustoz qator yillar noshirlik sohasida samarali mehnat qilib kelayotir. “O‘zbekiston”, “Mehnat”, “Ijod dunyosi”, nashriyotlarida rahbarlik qilib bolajonlar uchun yangi-yangi kitoblar, darsliklar chop etilishiga munosib hissa qo‘shdi.

Jabbor akaning samarali ijod mahsuli bo‘lgan “Marvarid tomchilar”, “Umr bir qo‘shiq”, “Vatan qadri”, “Chin yurak so‘zi” kabi kitob va to‘plamlarini shogirdlari bir-biridan qizg‘anib o‘qishardi. Ustoz ko‘p yillik ijodiy mehnatlari bois “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoniga sazovor bo‘ldi.

Baxti kulgan bu samimiy inson turmush o‘rtog‘i Ullibibi opa bilan sakkiz nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazdilar. Hozirda mehnatsevar, dilkash bu inson nevaralar qurshovida. Ulardan kuch olib, yanada samarali ijod qilmoqdalar.

M.QURBONBOYEVA

Yana o‘qing:  QALB KO‘ZGUSI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: