ONA TILIGA EHTIROM
Oktyabr oyi umumta’lim maktablarida “Ona tili va adabiyot fani oyligi” deb e’lon qilingani barchamizga ma’lum. Bu oyda turli tanlovlar, ochiq darslar, turli uchrashuvlar, bellashuvlar, bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 277-umumta’lim maktabida ham o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 23 yilligiga bag‘ishlab, “Til –millat ruhi” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ota-onalar, mahalla faollari, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Tilimizning jozibadorligi, nafisligi, naqadar boy ekanligi, o‘quvchilarning she’ru g‘azallari, bahru bayt, maqol va laparlari, raqs, qo‘shiq hamda sahna ko‘rinishlarida namoyish etildi.
Ular Navoiy, Bobur, Binoiy kabi buyuk ajdodlarimizning timsollarini maktab sahnasida zo‘r mahorat bilan ijro etib berishdi.
Yosh avlodni milliy tilimiz, ajdodlarimiz merosiga hurmat, kelajakka ishonch ruhida tarbiyalashda bunday bayram tadbirlarini o‘tkazish muhim o‘rin tutadi. Zero, ajdodlarga, ona tiliga ehtirom har bir yosh o‘g‘il-qizning yurak tubida bo‘lmog‘i kerak.m har bir yosh o‘g‘il-qizning yurak tubida bo‘lmog‘i kerak.
Nilufar Asadova