Xotiraning mustahkamligi tezkor fikrlamoq degani
Amerikalik olimlar qaysi mahsulotlar odamni aqlliroq qilishini aniqlashga qaror qilishdi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlardan so‘ng shunday mahsulotlarning uchta turi aniqlandi.
Ushbu qisqa ro‘yxatda birinchi o‘rin yog‘li dengiz balig‘iga berildi. Gap shundaki, baliqlarning ushbu navida katta miqdorda Omega-3 kislotasi mavjud bo‘lib, u bosh miyadagi kulrang modda ishlab chiqarilishida qatnashadi.
Ikkinchi o‘rinni sut va sut mahsulotlari egalladi. Uning komponentlari miya hujayralari tomonidan yengil o‘zlashtiriladi, ulardagi moddalar almashinuvi yaxshilanadi, bu esa odamning intellektual qobiliyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu eksperimental tarzda isbotlab ham berildi.
Uchinchi o‘ringa dukkaklilar munosib ko‘rildi. Ma’lumki, ular foli kislotasi va V vitaminiga juda boy. Aytish joizki, ular xotirani mustahkamlagan holda fikrlash faoliyati kabi muhim funksiyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.