JCH – 2014 SARI YANA BIR QADAM

16 oktyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida Jahon chempionati saralash bosqichi 4 tur bahslari doirasida Qatar va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdilar.

Vakillarimiz nihoyatda qiyin kechgan uchrashuvda kichik hisobda g‘alaba qozonishdi. Uchrashuv kutilganidek futbolchilarimizning ustunligi ostida boshlandi. Ketma-ket uyushtirilgan hujumlar tobora havfli ko‘rinish ola boshladi va bu tez orada o‘z samarasini berdi. Uchrashuvning 13 daqiqasida tashkil etilgan ana shunday hujumlardan birida Akmal Shorahmedov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatib bergan to‘pni Sanjar Tursunov to‘xtatib o‘tirmasdan darvoza sari yo‘lladi. Tezkor gol rejasi amalga oshdi. Goldan keyin qatarliklar oldinga tashlanishgan bo‘lsa, biznikilar kuchni tejash uchun ham o‘yin suratini pasaytirishga harakat qilishdi. Birinchi bo‘limda har ikki jamoa a’zolarida ham aytarli xavfli vaziyatlar yuzaga kelgani yo‘q.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limiga kelib noqulay iqlim sharoiti o‘zini ko‘rsata boshladi va natijada futbolchilarimizning jismoniy imkoniyatlari biroz qisqargandek ko‘rindi. Bundan foydalangan Qatar terma jamoasi kuchli bosim uyushtira boshladi. Buning natijasida terma jamoamiz darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Ammo terma jamoamiz himoyasi shu kuni o‘z vazifasini a’lo darajada uddaladi. Bundan tashqari darvozabon Ignatiy Nesterovning faolligini ham alohida ta’kidlab o‘tish zarur.

13 daqiqada kiritilgan gol o‘yin so‘nggigacha o‘zgarmay qoldi va shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi o‘zi uchun muhim bo‘lgan o‘yinda ilk uch ochkoni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Yana o‘qing:  Me’da yarasi va saratonini aniqlovchi ajoyib uskuna yaratildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: