Qizil go‘shtni xush ko‘ruvchilar uchun
Singapurlik olimlar kundalik taomnomada qizil go‘sht miqdorining ozgina ko‘payishi ham qandli diabet kasalligiga yo‘liqishni ikki baravarga oshiradi, degan xulosaga keldi.
Singapur Milliy universiteti mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, ratsionning o‘zgarishi yaqin to‘rt yil ichida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin ekan. Shuningdek, bunga qarama-qarshi tendensiya ham qayd etiladi. Agar har kuni qizil go‘sht yarim porsiyaga kam tanovul qilinsa, bu kasallanish xavfini 14 foizga qisqartirish imkonini beradi. Eslatib o‘tamiz, bu qizil go‘shtning zararini tasdiqlagan yagona tadqiqot emas.
Bundan oldin olimlar ushbu mahsulot yurak va tomirlar bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lishini va hatto xolesterin miqdori hamda tana vazni normal bo‘lganda ham infarkt xavfini oshirishini aniqlagan edi.
Nodira ZAYNIDINOVA tayyorladi