Bokschilarimiz chorak finalda

Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida davom etayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining besh nafar a’zosi chorak finalga chiqdi.

Mazkur nufuzli musobaqada 600 nafardan ziyod sportchi sovrinli o‘rinlar va joriy yilning 16-28 avgust kunlari Xitoyning Nankin shahrida o‘smirlar o‘rtasida bo‘ladigan II Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari uchun bahslashmoqda. Chempionatda har bir terma jamoaga ko‘pi bilan uchta litsenziya berilishi bahslarning keskin va murosasiz o‘tishini ta’minlamoqda.

Vazni 49 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida hamyurtimiz Sulaymon Latipov moldovalik Lulian Ivanovni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bellashuvida ishtirok etayotgan Iqboljon Holdorov armanistonlik Zora Hamazaryanni yengdi.

Shuningdek, 69 kilogrammdagi bokschilar o‘rtasida Bektemir Meliqo‘ziyev, 75 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida Kozimbek Mardonov, 81 kilogramm vazn toifasidagi bokschilar jangida Obidjon Tohirov chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Yana o‘qing:  Latifalar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: