“Google”ning bolalarga sovg‘asi
Google kompaniyasi Youtube videoxostingining maxsus talqini ustida ish olib bormoqda. Ular yangi videoxostingni 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yaratishmoqchi.
Youtube’ning bolalar talqini qanday ko‘rinishida bo‘lishi noma’lum. Ammo, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u alohida ilova sifatida yoki yopiq kanal ko‘rinishida bo‘ladi. Ota-onalar esa bolalarining nima ko‘rayotganini nazorat qilishlari mumkin bo‘ladi. Kattalar uchun mo‘ljallangan video va izohlar o‘chirib tashlanadi. Saytda reklama bo‘lish yoki bo‘lmasligi hozircha noma’lum.
Hozirda Youtubeda “ota-ona nazorati” funksiyasi mavjud. Bu funksiya ta’qiqlangan videolarni ko‘rsatmaydi va Google qidiruv tizimida avtomat tarzda xavfsiz rejimga tushiradi.