Yosh chempionlar

Qizlar o‘rtasida badiiy gimnastikani yanada ommalashtirish, iste’dodli yosh gimnastikachilarning tajriba va mahoratini oshirish maqsadida Navoiy shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 135 nafar sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Sport ustalari o‘rtasidagi bahslarda xalqaro turnirlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan poytaxtlik Anastasiya Serdyukova g‘olib chiqdi. Samarqandlik Ruxshona Ergasheva kumush, buxorolik Zarina Ne’matova bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Sport ustaligiga nomzodlar bahsida barcha sovrinli o‘rinlarni poytaxt vakillari – Anora Davlatova, Nilufar Shomurodova hamda Jasmin Yusupova egalladi.

2002 yilda tug‘ilgan qizlar o‘rtasidagi musobaqada poytaxtlik Asal Ikromova, Sevinch Turdiyeva va samarqandlik Bahora Adhamova kuchli uchlikdan joy oldi. 11 yoshgacha bo‘lgan gimnastikachilar musobaqasida shohsupaga toshkentlik sportchilar Angelina Fokina, So‘najon Sotimboyeva hamda Lola Zokirova ko‘tarildi.

Umumjamoa hisobida Toshkent shahri gimnastikachilari birinchi, Samarqand viloyati sportchilari ikkinchi, Buxoro viloyati vakillari esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G. Egamberdiyeva tayyorladi

Yana o‘qing:  Smartfon uchun cho‘ntak printeri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: