ENDI O‘PKANI HAM O‘STIRSA BO‘LADI

Texas universiteti tibbiyot fakulteti olimlari odam o‘pkasini laboratoriya usulida o‘stirish imkoniga ega bo‘lishdi.

Bugungi kunda bir qator og‘ir o‘pka kasalliklarini davolashning eng maqbul yo‘li o‘pkani ko‘chirib o‘tkazish sanaladi. Biroq, har doim ham donor o‘pkasi bemor organizmiga moslashib ketavermaydi. Bunda hamma harakatlar bekor ketadi. Chunki, o‘pka tanamizdagi eng nozik a’zolardan biri. Uni ko‘chirib o‘tkazish xuddi teri transplantatsiyasi kabi juda kam samara beradi.

Bu borada olimlar 2010 yildan beri ish olib borishmoqda. Ular avvaliga tajribani kalamush va cho‘chqalar o‘pkasida qo‘llab ko‘rishdi. Keyin esa odam o‘pkalarida ham shunday tajribani qo‘llashdi.

Yangi taomilga ko‘ra, turli jarohatlardan vafot etgan yosh organizmdagi o‘pka mariksi boshqa o‘pkadan olingan to‘qimalarga ko‘chirib o‘tkaziladi va laboratoriya sharoitida o‘stiriladi. To‘rt hafta ichida yangi o‘pka yetiladi va u haqiqiysidan deyarli farq qilmaydi. Biroq, bu tajriba amaliyotga tatbiq etilishi uchun yillar kerak bo‘ladi.

Farhod BEK tayyorladi

Yana o‘qing:  Dunyo va salomatlik (2014/3)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: