Aniq maqsadlar belgilandi
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda jurnalistlar oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zolari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti vakillari, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi huzuridagi ijodiy kengashi a’zolari, OAV rahbarlari, jurnalistlar, O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda Davlat dasturining maqsad-vazifalari, uning mohiyatini aholining turli qatlamlariga yetkazishda ommaviy axborot vositalarining mas’uliyatini oshirish masalalari haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar dasturda belgilangan chora-tadbirlar ijod ahli zimmasiga katta vazifalar yuklashi, ular yuzasidan aholi o‘rtasida olib boriladigan keng axborot-tushuntirish ishlarida ommaviy axborot vositalari faol ishtirok etishi, bu borada jurnalistlarning mas’uliyatini yana kuchaytirish lozimligini ta’kidlashdi. Shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun tegishli taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu taklif-tavsiyalar mazkur tadbirning davomi sifatida keyinchalik mamlakat hududlarida o‘tkaziladigan seminar-treninglarga taqdim etiladi.
Ma’rifat TOLIPOVA,
“Sog‘lom avlod” muxbiri