Kulgu shifoxonasi (2014/10)

Peshtoqida “Ko‘ngil siringizni gul orqali izhor eting!” deb yozib qo‘yilgan gul do‘koniga bir yigit kiribdi.

– Menga bir dona atirgul bering, – debdi sotuvchiga.

– Atiga bittami?

– Ha. Men juda kamgapman!

* * *

Er xotiniga dedi;

– Esingdami, o‘tgan yili tilla soatingni yo‘qotganding. Bugun shkafni ochib eski kurtkangning cho‘ntagini qarasam…

– Voy soatimni topdingizmi?!

– Yo‘q, taxminimcha, soating tushib ketgan teshikni topdim.

* * *

Xotin eriga sihatgohdan telefon qilmoqda.

– Bu yerda bir oy dam olib yarim vaznimni yo‘qotdim. 100 kilodan 50 kiloga tushdim. Yana qolsam maylimi?

– Yana bir oy qolaqol…

* * *

– Ko‘zingizga qarab yursangiz bo‘lmaydimi, – dedi mashinasida piyodani urib yuborayozgan tannoz ayol. – Men juda ehtiyotkor haydovchiman. 10 yildan buyon mashina haydayman.

– U holda menga sizning hech qanaqa e’tirozingiz bo‘lishi mumkin emas. Men qirq besh yildan buyon piyoda yuraman.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: