Bodroq

Issiq qozon bag’rida,

“Dikir-dikir” sakraysan.

Kuymasin deb bo’y-bastim,

Go’yo «jon»ing asraysan.

Yorilasan «tars-turs» deb,

Yerga tushgan tarvuzdek.

Burkansang oq libosga,

Maza, deydi ukam yeb.

“Beg`araz” yordam

Yurib turgan tramvay

«Kasal» bo’lib to’xtadi.

Do’sti kelib ortidan,

Hazillashib «cho’h» ladi.

Hojat yo’q, deb tashvishga,

«Temir qo’lin»uzatdi.

Erinmayin avaylab,

Saroygacha kuzatdi.

Yalpiz

Yursang ariq yoqalab,

Qulog’imni ko’rasan.

Chimdib olsang shunchaki,

Firog’imni ko’rasan.

Bilsang hidim shu palla,

Atirdan ham a’lodir.

Yesang oh-oh maza-yu,

Ming bir dardga davodir.

Bo’y ko’rsatib ortingdan,

Bo’lolsam elga darmon.

Xursandligim cheki yo’q,

Qolmagay menda armon.

Vali AHMADJON

Яна ўқинг:  Таълим йўналиши – журналистлар эътиборида

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: