Yig‘ma chiroq – yaxshi hamroh

Fan texnika tobora rivojlanib borayotgan bugungi kunda olimlar maishiy hayotimizni yanada yengillashtirish yo‘lida yangidan yangi kashfiyotlar qilmoqdalar. Ana shunday ixtirolardan biri qo‘lda yig‘iluvchan Wind-Up Accordion Lantern chirog‘idir.

Qulay tutqich va yig‘iluvchan xususiyatga ega bo‘lgan ushbu chiroq sayohatga chiqqan paytda, ayniqsa, juda asqotadi. Wind-Up Accordion Lantern chirog‘i 4,5 soat yoritish quvvatiga ega. Ushbu chiroqni quvvatlantirish uchun USB-kabelni elektr tokiga ulab qo‘yasiz. Agar tabiat qo‘ynida bo‘lsangizu uni quvvatlantirishga elektr toki bo‘lmasa, unga o‘rnatilgan avtomat qurilma yordamida ozroq harakat evaziga quvvatlantirishingiz mumkin. Wind-Up Accordion Lantern kichikroq xona yoki sayyohlar chodirini bemalol yorita oladi. Foydalanilmagan vaqtda yig‘ib, sumkaning bir chetiga joylashtirib qo‘ysangiz, unchalik ham ko‘p joyni band qilmaydi. Qulay qilib ishlangan tutqichi, uni daraxt shoxi yoxud shunga o‘xshash narsalarga ilib qo‘yish imkonini ham beradi. Yig‘iluvchan qismi issiqqa chidamli polietilendan ishlangan.

Yana o‘qing:  Muzlatilgan mevalar foydalimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: