Yaxshi yangilik

O‘zbekistonda bolalar uchun koxlear implantatsiya qilish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Ushbu jarrohlik amaliyotlarini tatbiq etish bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya tibbiyot markazi mutaxassislari shug‘ullanmoqda. Shu yilning so‘ngiga qadar eng zamonaviy eshitish implantatlarini qo‘llab, 100 ga yaqin operatsiya o‘tkazish rejalashtirilgan.

Jarrohlik amaliyotlari markazning yangi bo‘linmasi – tug‘ma va orttirilgan lor (tomoq, quloq, burun) a’zolari kasalliklari bo‘limida amalga oshiriladi.

Koxlear implantatsiya bu eshitish qobiliyatini yo‘qotgan yoki juda yomon eshituvchi bemorlarga eshitish qobiliyatini tiklashga imkon beruvchi maxsus qurilma o‘rnatish operatsiyasi hisoblanadi.

Koxlear implantatsiya operatsiyasi qo‘llangandan so‘ng bolalar vaqti kelib, yaxshi eshitishni boshlaydi.

Farhod BEK

Yana o‘qing:  SARATON KASALLIGINI ANIQLAYDIGAN TEZKOR TEST

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: