Jamg‘arma faoliyatidan (2014/8)

Samarqand viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Samarqand tumanidagi “Safidiy” mahalla aholisini umumlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Tibbiy ko‘rik to‘rt kun davom etib, brigada shifokorlari bilan birga Samarqand shahar ko‘p tarmoqli diagnostika shifoxonasi tor mutaxassislari, 12-sonli oilaviy poliklinika shifokorlari hamkorligida jami 625 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tganlarning asosiy qismiga dori-darmonlar berildi.

Xorazm viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Urganch tumani “Oq yop” va “Do‘stlik” mahallalari aholisi o‘rtasida “Oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish” hamda “Onalik va bolalikni muhofaza qilish davlat muhofazasida” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi. Unda 102 nafar kishi qatnashdi.

Sirdaryo viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali viloyat hokimligi, Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda qator hamkor tashkilotlar birgalikda Guliston shahrida 200 nafardan ziyod havaskor sportchilar o‘rtasida sportning karate turi bo‘yicha viloyat ochiq chempionati o‘tkazildi. Musobaqada mezbonlardan tashqari Jizzax va Toshkent viloyatining yosh sportchilari qatnashdi. Foliblarga jamg‘armaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Farg‘ona viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Farg‘ona shahar 26-va 33-umumta’lim maktablarida jami 220 nafar 8-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Sog‘lom avlod – sog‘lom yoshlar” mavzusida seminarlar o‘tkazildi.

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Do‘stona aloqalar o‘rnatildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: