Organizmimizni sovuqqa moslashtiramiz

Qishning so‘nggi oyida havoning keskin sovub ketishi tufayli shifokorlar organizmni sovuqqa moslashtirish yuzasidan bir nechta tavsiyalar berishdi.

Havo haroratining keskin sovub ketishi birinchi o‘rinda katta yoshli insonlarga hamda surunkali kasallik bilan og‘rigan, asosan yurak-qontomir kasalligiga chalingan bemorlarga qattiqroq ta’sir qiladi.

Shu sababdan surunkali kasalligi bor bemorlar hamda yoshi katta insonlarga birinchi navbatda grippga qarshi emlanishni tavsiya qilishmoqda.

Sovuq xavodagi yana bir muammo bu shubhasiz kam harakatlilikdir. Havoning sovuqligi tufayli insonlar iloji boricha ko‘chaga chiqmaslikka intiladilar. Bu esa toza havo aylanmasligi va harakat kamligi oqibatida kasalliklarning og‘irlashishiga sabab bo‘ladi.

Shu sababdan shifokorlar havo sovuq bo‘lishiga qaramasdan har kuni kamida 40 daqiqa davomida toza havoda sayr qilishni maslahat berishmoqda. Bu o‘z navbatida organizmning jismoniy holatining me’yorida bo‘lishi va immunitetning mustahkamlanishiga yordam beradi.

Laringit, faringit va shu kabi boshqa kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarga esa iloji boricha issiqroq kiyinish tavsiya etiladi. Chunki ularda burun-tomoq yo‘llarining shamollashiga moyillik kuchli bo‘ladi.

Osteoxondroz bilan og‘rigan bemorlar esa iloji boricha og‘ir kiyimlardan voz kechishlari lozim. (masalan tabiiy matodan tayyorlangan liboslar anchayin og‘ir bo‘ladi). Chunki kiyim qanchalik og‘ir bo‘lsa, u umurtqa pog‘onasining bo‘yin-ko‘krak va bel qismlariga qo‘shimcha og‘irlik tushiradi.

Ana shu omillarni hisobga olsangiz qishning izg‘irini sizga zarar yetkazilmaydi.

F.TOLIPOV tayyorladi.

Yana o‘qing:  Olimlar eshitish qobiliyatining kuchliligi va gallyusinatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: