O‘zbek roboti Rossiyada yetakchi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetining mexatronika markazi a’zolari Moskva shahridagi “Rossiya ko‘rgazmalar markazi”da 25-26 yanvar kunlari o‘tkazilgan “ACP Geek Picnic” ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Ko‘rgazma mehmonlarga hozirgi kundagi erishilgan yutuqlarni ko‘rsatish hamda yoshlar orasida zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni orttirish maqsadida tashkil etilgan.

Unda kichik robotlar, uchuvchi moslamalar, gumanoid robotlar, mega robotlar, 3 D printerlarda robot qismlarini yasash va boshqa shu kabi yo‘nalishlar tashkil etilgan.

Ushbu ko‘rgazmada vakillarimiz mini sumo va mikro sumo turlarida “Robotjon” hamda “Mikro robotjon”lar bilan qatnashdi. Ko‘rigazmada birinchi marotaba ishtirok etishganlariga qaramasdan umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi.

Ikki kun davom etgan musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Fransiya va boshqa davlatlardan 60 ga yaqin jamoalar ishtirok etdi.

– Bizning robotimiz musobaqada “Eng texnologik robot” deb topildi va jamoamiz faxr-li diplomlar bilan rag‘batlantirildi, – deya ta’kidlaydi yosh ixtirochi Olimjon To‘ychiyev.

T.ORTIQOVA tayyorladi

Yana o‘qing:  “Rogers Sup”da Nadal g‘olib chiqdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: