Ajoyib quritgich

“Peleg Design” firmasi uy bekalariga qulaylik yaratish maqsadida yana bir ajoyib ixtiroga qo‘l urdi. Fil ko‘rinishida ishlangan yangi oshxona jihoziga barchaga mashhur bo‘lgan “Jambo” laqabli fil nomi berildi.

Mazkur anjom idish-tovoqlarni yuvilgandan keyin ortiqcha suvini selgitib quritishda uy bekalariga yaqin ko‘makchi bo‘lishi shubhasiz. Qiziqarlisi shundaki, suv qoldiqlari uning xartumi orqali chiqib ketadi.

U nafaqat oshxona, balki vannaxona uchun ham bezak bo‘ladigan va hayotingizni yengillashtiradigan mo‘jazgina ashyodir. Albatta, stakandagi suv qoldig‘ini selgitish yangilik emas, ammo gap uni qanday yetkazishda!

“Jambo”da umuman suv yig‘ilmaydi, unga o‘rnatilgan egik tuzilishdagi stakan (shisha idishchasi) xartum orqali oshxona rakovinasiga tushadi. Eng asosiysi, filchaning boshini kerakli tomonga burishni unutmasangiz, bas.

Bu oddiy va yoqimli ko‘rinishdagi buyum kattalar va bolalarga birday ma’qul bo‘lishi aniq. Chunki, undagi oshxona anjomlariga bo‘lgan mehnatsevarlik ishtiyoqi hech kimni e’tiborsiz qoldimasligi shubhasiz.

Mehribonu

Yana o‘qing:  Nega do'l aynan yoz faslida yog'adi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: