Sport xabarlari (2014/5)

BOKS. Tailandning Bangkok shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining yarim finaliga chiqqan bokschilarimiz soni olti nafarga yetdi.

Vazni 52 kilogramm bokschilar musobaqasida ishtirok etayotgan Abdulhay Shorahmatov chempionatdagi ikkinchi jangida tailandlik Kritipak Duangnutni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

60 kilogramm vazn toifasida ringga chiqayotgan Fazliddin Meliboyevning mahorati muxlisu mutaxassislar tomonidan alohida e’tirof etilmoqda. Mus­tahkam himoya va kuchli texnikaga ega bokschimiz janglarni muddatidan oldin yakunlamoqda. Birinchi jangda nepallik Saurab Lamani nokautga uchratgan hamyurtimiz chorak final uchrashuvida indoneziyalik Rikki Vinardani ham aniq zarba bilan ringga qulatdi.

75 kilogramm vazn toifasida ikkinchi jangini o‘tkazgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempioni Kozimbek Mardonov qozog‘istonlik Bekjan Bakirovni ochkolar hisobida yengdi. Mahmud G‘oipov 64 kilogramm vazn toifasidagi bahsda Xitoy Taypeyi vakili Xun Ming Chuandan ustun keldi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Azizbek Shukurov va Bektemir Meliqo‘ziyev ham yarim final janglarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.

* * *

SAMBO. Qozog‘istonda sambo bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogi bosqichida dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan 350 nafar sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan Sarbon Ernazarov 68 kilogramm vazn toifasidagi bellashuvlarda bronza medalini qo‘lga kiritdi. Jangovar sambo bo‘yicha bahslarda qatnashgan jahon chempioni Istam Qudratov ham og‘irligi 74 kilogramm sambochilar o‘rtasida uchinchi o‘rinni egalladi.

* * *

DZYu-DO. Rossiyada dzyu-do bo‘yicha Osiyo va Yevropaning eng kuchli polvonlari o‘rtasida jamoaviy musobaqa bo‘lib o‘tdi. Osiyo terma jamoasi safida gilamga chiqqan “Universiada – 2013” musobaqasi g‘olibi Yahyo Imomov jahon chempionati kumush medali sovrindori va Yevropa chempioni Avtandil Skrtishvili (Gruziya) ustidan zafar quchib, Osiyo terma jamoasi hisobiga bir ochko keltirdi.

O‘zA materiallari asosida tayyorlandi

Yana o‘qing:  Odamlar sizdan uzoqlashayaptimi yoki...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: