Kulgu-shifo (2014/4)
Davron shu qadar dangasa ekanki, biror topshiriqni, uyga berilgan vazifani bir partada o‘tirgan o‘rtog‘idan ko‘chirib olarkan.
– Menga qara Davron, – debdi o‘qituvchi. – O‘rtog‘ingdan ko‘chirib olayotganingni boshqa ko‘rmay!
– Xo‘p bo‘ladi, ustoz. Keyingi gal sizga ko‘rsatmasdan ko‘chirishga harakat qilaman…
***
O‘quvchilar kasalxonaga ustozini ko‘rgani boribdi. Shifokorlar bemor yotgan xonaga faqat bir kishi kirishi mumkinligini aytishgach, bemor yoniga o‘ta sho‘x o‘quvchilardan biri kirib chiqibdi. Uning g‘amgin qiyofasini ko‘rishgan sinfdoshlari “Nima gap?” deb so‘rashibdi.
– Hech qanday umid yo‘q, – debdi xo‘rsinib sho‘x o‘quvchi.
– Ustoz ertaga darsga kelar ekan…
***
Navbatdagi oilaviy janjaldan so‘ng xotin eriga baqiribdi: – Sizga tekkanimdan ko‘ra shaytonga turmushga chiqsam bo‘lmasmidi?!
– Buni hech iloji yo‘q jonginam, – debdi eri. – Yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh man etilgan…
To‘plovchi: Shavkat YOQUBOV