Mitti yurak haqida nimalarni bilamiz?

Ona vujudidagi mitti yurakning ovoz berishi juda yoqimli holat. Ayniqsa, uning harakatlanishi o‘zgacha kayfiyat bag‘ish­laydi. Xo‘sh, to‘polonchi hali tug‘ilmasidan yana qanday shumliklar qiladi?

– homila 11 haftalik bo‘lgach, bachadon devori bo‘ylab «yurish»ni boshlaydi;


– 9 haftalik bo‘lgan homila onasi bilan muloqotga kirishishni istab, yengil harakatlanadi. Ammo juda kichik bo‘lgani uchun biz buni sezmaymiz;


– homila 30 haftalik bo‘lganida esnaydi, 32 haftaligida esa qo‘llarini harakatga keltirib, o‘ynaydi. Ba’zan aynan mana shu muddatda o‘tkazilgan UTT tekshiruvida esnayotgan bolakayni ko‘rish mumkin;


– embrionning o‘g‘il yoki qiz farzand bo‘lishi 12 haftadan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Unga qadar o‘tkazilgan UTT tekshiruvida esa bola jinsini aniqlab bo‘lmaydi;


– 24 haftadan o‘tgan homila muddatidan erta tug‘ilganida ham yashab ketishi mumkin;


– buni qarangki, chaqaloqlarning atigi 5 foizigina shifokorlar aniqlagan muddatda dunyoga kelishadi;


– 6 haftadan 11 haftagacha homila rivoj­lanishi jadal bo‘lib, buyrak va oshqozon a’zolari shakllanadi. Shunisi qiziqki, bu a’zolar atigi guruch donasidek kattalikda bo‘ladi;


– tug‘ilajak farzandingizning yurak urishini 22 haftadan so‘ng eshita olasiz. Buning uchun shifokorlar maxsus eshitish moslamasidan foydalanishadi;


– buni qarangki, 16 haftalik homila barmoqlarini musht qilib, harakatlantirishi mumkin ekan;


– homilaning ichki a’zolari 6 oygacha shakl­lansa, undagi his-tuyg‘ular shu haftadan so‘ng yuzaga keladi;


– asabiy bo‘lsangiz, homiladorlikning yettinchi oyiga kelib, bu odatingizni bas qiling. Chunki yetti oylikdan so‘ng vujudingizdagi mitti «odamcha» tashqi omillarga ta’sirchan bo‘ladi;


– tug‘ilajak farzandingiz bilan ko‘proq suhbatlashing. Homila onasining ovozini yaxshi eshitadi;


– agar to‘qqiz oyni 100 foiz deb tasavvur qilsak, shundan 10 foiz vaqtda homila uyg‘oq bo‘ladi. Qolgan vaqtlarda esa uxlaydi.

Laziza ALLAYOROVA

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: