MA’NAVIYAT – BILIMLAR ASOSI
Tashkent davlat texnika universiteti “Geologiya qidiruv va kon metallurgiya” yo‘nalishiga tegishli yotoqxonada yashovchi talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish odat tusiga aylangan. Bu yerda har kuni talabalar turli sport o‘yinlari, mutolaa, ijodiy uchrashuvlar, universitet ma’naviyat bo‘limi tomonidan o‘tkaziladigan ma’naviy tadbirlar bilan band bo‘lishadi. Bu ularda ko‘ngilli dam olish, ma’naviyat va nutq madaniyatini oshirish, o‘zaro hurmat, mehr-oqibatni kuchaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Kuni kecha namoyish etilgan O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov hayoti va ijodi aks ettirilgan «Abdulla Oripov» nomli badiiy film barchaga manzur bo‘ldi. Film qalbida she’riyat uchqunlayotgan yoshlarning ijodga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishi, ularni Vatanga sadoqat, muhabbat va shukronalik ruhida tarbiyalashi shubhasiz.
Ta’lim dargohlari talabalarining kechki bo‘sh vaqtlari ana shunday mazmunli o‘tkazilishi ularning ma’naviyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Rustam BEGALIYEV,
tarbiyachi pedagog