Nonushtaga nima yeymiz?

Nonushta – kunlik ovqatlanish ratsionining eng muhim qismi. Shu sababli dunyo diyetologlari ertalabki tamaddini mutlaqo kanda qilmaslikni tavsiya etadi. Albatta buning qator muhim sabablari mavjud.

Aytish lozimki, nonushta kun bo‘yi insonni energiya va zarur oziq moddalari bilan ta’minlaydi. Bu esa uni e’tiborsiz qoldirmaslikning asosiy sabablaridandir.
Shuningdek, nonushta kishiga kun davomida jismoniy va ruhiy quvvat bag‘ish­lab, kayfiyatni ko‘taradi. Immunitet tizimini mustahkamlab, miyaning samarali ishlashini ta’minlaydi.
Inson, eng avvalo, uyg‘ongandan so‘ng, bir stakan iliq suv ichishi lozim. Agar istasa, unga limon sharbati qo‘shish ham mumkin. Bu tanani uyg‘otadi, ichaklarning to‘g‘ri ishlashiga yordam beradi. Qolaversa, ovqat hazm qilish va endokrin tizimlar birinchi taomga tayyorlanadi.


Suv ichgandan so‘ng taxminan yarim soatdan keyin tamaddi qilish kerak. Ko‘pchilikni eng maqbul nonushta vaqti soat nechada bo‘lishi qiziqtiradi. Albatta, bu savol individual xususiyatga ega bo‘lib, har bir insonning turmush tarziga bog‘liq. Biroq soat 7:00 dan 9:00 gacha bo‘lishi maqsadga muvofiq.


Ba’zi insonlar ertalab nonushta qilishni yoqtirmaydi. Kimdir ishtaham yo‘q desa, yana kimdir qorni ochmaganini aytadi. Biroq bu yaxshi emas va ular bu odatga qarshi kurashishi lozim. Qarabsizki, ikki hafta o‘tgach, tananing o‘zi ertalab undan ovqatlantirishni so‘raydi.


Nonushtada grechka, jo‘xori uni, arpa, tariq solingan va suv yoki sutda tayyorlangan bo‘tqalar yeyish juda foydali. Sababi, ular tarkibida yetarli miqdorda uglevodlar bo‘lib, oshqozonni tezda to‘yintiradi va uzoq vaqt ochlikni his qilmaslikka yordam beradi. Tuxumni qovurilgan yoki qaynatilgan holda iste’mol qilish ham kun bo‘yi tanani kerakli vitamin va minerallar bilan ta’minlaydi.

Shuningdek, kam yog‘li tvorog, sut, kefir, tabiiy yogurt ichish organizmni ko‘p miqdorda ozuqa moddalari, D vitamini, kaliy va kalsiy bilan to‘yintiradi. Ozishni istaydiganlar, kam yog‘li sut ichishlari maqsadga muvofiq. Qolaversa, nonushtada yog‘siz mol, tovuq, kurka va baliq go‘shtidan tayyorlangan
taomlarni tanavvul qilish kishiga ajoyib to‘yinganlik hissini beradi.

Ertalabki tamaddi payti xamirturushli pishiriqlar, sitrus mevalar, xom sabzavotlar, yog‘li go‘sht va uglevodga boy mahsulotlar iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Guli ShAYXOVA,

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Yana o‘qing:  O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta majburiy bo‘ladi

Ovqatlanish gigiyenasi va bolalar, o‘smirlar gigiyenasi

kafedrasi professori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: