AJIB ANJUMAN

Xalq ijodiyotining qadimiy janrlaridan bo‘lgan lapar va o‘lan ijrochiligi san’ati o’zining boy tarixiga ega.

Hazil-mutoyiba, xalqning orzu-umidlari aks etgan lapar va o’lan qo‘shiqlari taniqli san’atkorlar va havaskor ijrochilar tomonidan turli bayramlar, xalq sayllari va to’yu-tomoshalarda ijro etilgan.

2012-yil 10-avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida lapar va o‘lan ijrochilarining navbatdagi an`anaviy Respublika ko`rik-festivali O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma‘rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi, Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika boshqaruvi, Respublika “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy Kengashi hamda Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy bog‘i hamkorligida tashkil etildi.

Ko‘rik-festivalda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda g‘olib deb topilgan 60 nafardan ortiq lapar va o‘lan ijrochilari o‘zaro ijodiy bellashdilar.

Mazkur ko‘rik-festivalda yuqori badiiy saviyadagi ijrochilik mahoratlari hamda badiiy jixatdan mukammal dasturlari, hududga xos an`anaviy ijro uslublari, ijro mahoratlari, matnlarning o‘ziga xos talqini va sahna madaniyati e`tiborga olinib, lapar ijrochiligi bo‘yicha: birinchi o‘rin Xorazm viloyati Urganch shahar madaniyat uyi qoshidagi laparchilar guruhiga, ikkinchi o‘rin Farg‘ona viloyati Quva tuman Markaziy madaniyat uyi qoshidagi “Anor” xalq ashula va raqs ansambli laparchilari Qurbonova Xurshida va Xabibullayeva Zilola, uchinchi o‘rin Jizzax viloyati Jizzax tuman madaniyat uyi qatnashchisi Gulchehra Xayrulina va Toshkent shahar Tolibjon Sodiqov nomidagi shahar madaniyat uyi qoshidgi “Nodirabegim” xalq folklor-etnografik ansambli qatnashchisi, O‘zbekiston Davlat san`at va madaniyat instituti talabasi Hilola Xo‘jaeyevaga berildi.

“Eng maftunkor ijrochi” nominatsiyasi bo‘yicha: Namangan shahar madaniyat uyi qoshidagi “Yor-yor” folklor-etnografik xalq ansambli laparchisi Fotima Akbarova, “Eng umidli ijrochi” Samarqand viloyatidan Nigora Ro‘ziqulova, “Lapar ijrochiligi janrini rivojlantirishdagi xissasi uchun” Qashqadaryo viloyati Mirishkor tuman madaniyat uyi laparchisi Sadoqat Nomozova taqdirlandi.

O‘lan ijrochiligi bo‘yicha: birinchi o‘rin Toshkent viloyatidan o‘lanchilar Turdiali Pardayev va Qulmixon Duysenov, ikkinchi o‘rin Andijon viloyati Asaka tuman Markaziy madaniyat uyi qoshidagi o‘lanchilar guruhi va Sirdaryo shahar madaniyat uyi qoshidagi “Bodom guli” folklor-etnografik ansambli o‘lanchilari Saboxat Turkmenova va Nargiza Fayziyeva uchinchi o‘rin Navoiy viloyati Navbahor tuman Markaziy madaniyat uyi qatnashchilari Norjon O‘roqova va Lutfullo Bobomurodov hamda Namangan viloyati Kosonsoy tuman Markaziy madaniyat uyi qatnashchilari Xanifa Mirzayeva va Xayrullo Mirzayevlar sazovor bo‘ldilar.

Яна ўқинг:  Спорт хабарлари (2015/14)

Muhammadjon QOZOQBOYEV

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: