Semizlik ayollar umrini qisqartiradimi?

«Semizlik ayollarning eng asosiy qotili va unga qarshi kurashga davlat miqyosida e’tibor qaratish zarur». Britaniyalik shifokor Selli Devis maxsus tadqiqot natijasida chiqarilgan hisobotda ana shunday, deb ogohlantirgan. Unga ko‘ra, oziq-ovqat sanoati ustidan nazoratni kuchaytirish hamda odamlar o‘zlari yeydigan taom tarkibini bilishlari shart.

Shakarning ozi yaxshi. Tayyor va yarim tayyor mahsulotlar tarkibida nafaqat yog‘lar, balki ularni uzoq saqlovchi turli kimyoviy moddalar hamda shakar miqdori ham katta. Haddan tashqari ko‘p shakar iste’mol qilish esa har xil kasalliklarga yetak­laydi. Odamlar do‘konlardagi quruq yo tayyor taomlar ichida qancha shakar yo qanday kimyo­viy moddalar borligini tuzuk bilishmaydi. Ko‘pchilik bunga har doim ham e’tibor beravermaydi. Oqibatda esa…

O‘zbek taomlarida shakar kam, ammo yog‘ ko‘p. Semizlik tufayli ko‘krak, tuxumdon va bachadon bo‘yni saratoni, qand va yurak-qon tomir kasalliklari ko‘paymoqda. Ayniqsa, ayol homilador bo‘lganida, semizligi bolasiga ham salbiy ta’sir etadi. Xususan, chaqaloq qand kasalligi yo ortiqcha vazn bilan tug‘ilishi mumkin.
Semiz ona bachadonida o‘sgan bola hatto bir necha yillar o‘tib, ulg‘ayganidan keyin ham qator kasalliklarga chalinishi ehtimoli katta bo‘ladi. Og‘iroyoq ayollar ko‘proq meva-sabzavot yeyishi va umuman chekmasligi hamda spirtli ichimlik ichmasligi kerak.


Shu o‘rinda aytish lozimki, nafaqat ko‘p ovqat yeydigan yoshlar, balki semirmaslik niyatida o‘ta keskin va noto‘g‘ri parhez qiladigan qizlar ham turli kasalliklarga yo‘liqishadi. Shu bois hozir shifokorlar har ikkala holatda ham ortiqcha yo kam vaznni o‘lchab, kerakli choralarni ko‘rishlari zarurligi aytilmoqda.


Eng qizig‘i, shu paytgacha saraton boy davlatlar kasalligi sanalgan bo‘lsa, hozir rivoj­lanayotgan mamlakatlarda ham ko‘p uchramoqda. Bu o‘rinda, oziq-ovqat sifati ham muhim omil sanaladi. Chunki rivojlanayotgan davlatlarda ham tayyor va yarim tayyor oziq-ovqatlar iste’moli oshgan. Ularning tarkibida shakar, arzon yog‘ va kimyoviy moddalar ko‘p. Ular odamlarni semirtirishi yo turli kasalliklarga ro‘baro‘ qilishi mumkin.

Shu sababli har bir inson ortiqcha semirish zararli oqibatlarga olib kelishini tushunishi kerak. Bel aylanasini santimetr tasmasi bilan o‘lchashi shart. Erkaklarda 90 sm. va ayollarda 80 sm.dan ortishi yurak-qon tomir va qand­li diabet kasalliklari 3 marta oshishi xavfini tug‘diradi. Ayniqsa, betartib ovqatlanishdan ehtiyot bo‘lish lozim.

Yana o‘qing:  Ko‘p mehnat qilish o‘z ishini yoqtiradiganlar uchun xavfli emas

Semizlik dardiga mubtalo bo‘lmay desangiz:


– kaloriyasi cheklangan ovqat ratsionini qo‘llang;
– taom, oqsil va vitaminlar ko‘p bo‘lishiga e’tibor qarating;
– sutkalik oqsil-uglevod-yog‘ balansiga etiborli bo‘ling;
– shifokor nazorati ostida chegaralangan ochlikka rioya qiling (ko‘pchilik semizlikka qarshi kurashning oson yo‘li och yurish deb xato o‘ylashadi.Chunki ochlik kishining jigari va yurak faoliyatiga katta zarar yetkazadi. Shuning uchun ochlik bilan davolashda shifokor bilan maslahatlashish kerak);
– jismoniy faollikni kuchayishtirish. Ertalabki badantarbiya va jismoniy mehnatning biror turi bilan shug‘ullanib turish maqsadga muvofiqdir;
– dorilar bilan davolashda shifokor tavsiyasi bilan ishtahani pasaytiruvchi yoki to‘yishni tezlashtiruvchi preparatlardan foydalaniladi.

Muhimi, o‘zingizga e’tiborli bo‘ling, semirishning oldini olish, jismoniy faollikni oshirish va ovqatlanish tartib qoidalariga amal qilish salomatlik garovidir.

Zaringiz RUSTAMOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: