Samarqand sehrini his etib…
Yer yuzining sayqali Samarqandning ta’rifi yetti iqlimga ma’lum. Ayniqsa, kun sayin rivoj topayotgan turizm salohiyati mahalliy va xorijiy turizm ishqibozlarini o‘ziga chorlamoqda. ”ERIELL Group” kompaniyasi tomonidan bir guruh jurnalistlar uchun Samarqandga uyushtirilgan press-turda yangidan jamoatchilikni qiziqtirayotgan turizm jozibasi yana bir bor tanishtildi.
Jurnalistlar dastlab muhtasham “Kongress xol” majmuasi biln tanishdilar. Ushbu majmua ish boshlagandan buyon bir qancha xalqaro anjumanlarga mezbonlik qildi. Zamonaviy arxitektura mezonlari asosida barpo etilgan ushbu inshoot yangi turizm shaharchasini bezab turibdi.
– Inshootlar qulayligi, zamonaviyligi va yangicha uslubdagi shakli shamoyili bilan o‘ziga tortadi, – deydi marketolog Dinara Ahmedova. – Majmuaning”Oranjeriya” zali qadimiy tamaddunlararo uzviylikni jamlagan. Unda zamonaviy bezaklar bilan birga Sharq dunyosida dong taratgan allomalar haykalchalari mavjud. Shuningdek, ular yaratgan asarlarining ko‘chirilgan nusxasi bor.
Keyingi tashrif Samarqand xalqaro aeroportigiga bo‘ldi. Ochiq kitob shaklidagi bu bino uzoqdan odamni o‘ziga jalb qiladi. Unda yo‘lovchilarning didiga mos zamonaviy bezaklar, turli savdo nuqtalari bir necha qavatlardan o‘rin olgan. Keyingi manzil Imom al-Buxoriy majmuasining yangi qurilayotgan majmuasi bo‘ldi.
– Yangi majmua qurilishiga jahonning eng nufuzli davlatlaridan mutaxassislar jalb qilingan. Hozirda beton monolit ishlari tugallangan, – deydi qurilish tashkiloti mas’ul xodimi Aziz Jo‘rayev. – Majmua atrofi xalqaro talablarga javob beradigan to‘xtash joylari, aholi uchun turarjoy va bir qancha inshootlardan iborat.
Shu kuni jurnalistlar yangi barpo etilayotgan turizm shaharchasiga daraxt ko‘chatlari o‘tqazdilar.
Amaliya SOLIYEVA