Dunyo va salomatlik (2014/1)

Katta burun nega kerakligi aniqlandi

AQSHning Ayova universiteti olimlari nega erkaklarga katta burun kerakligini aniqladi.

Ularning fikricha, erkaklar burnining o‘lchami kislorodga bo‘lgan kattaroq ehtiyoj bilan bevosita bog‘liq. Olimlar ushbu bog‘liqlik erkaklardagi mushak massasi bilan shartlanganini qayd etadi. U ayollarnikidan anchagina ko‘p bo‘lib, ko‘proq quvvat va kislorodni talab qiladi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar burun o‘sishi va balog‘atga yetishni ham o‘zaro bog‘lamoqda: o‘g‘il bolalarda 11 yoshda mushak massasi va burun o‘sishi tezlashadi, qizlarda esa ushbu jarayon kuzatilmaydi.

Ayollarga maslahat

Yaqinda Amerika olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot atir-upaning haddan tashqari ko‘pligi va solyariyga ortiqcha berilish ayollarni erkaklar uchun jozibasiz qilib qo‘yishini tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, erkaklar did bilan kiyingan hamda o‘z uslubiga ega ayollarni yoqtirar ekan. Bunda makyaj haddan tashqari yorqin va ko‘zga tashlanadigan bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, erkaklarning 50% ga yaqini klassik liboslarni ma’qul ko‘ruvchi ayollarni afzal ko‘rishi ham ma’lum bo‘ldi. Uzun qora yoki to‘q rangli ko‘ylak va baland poshnali tufli erkaklarni hamon o‘ziga tortuvchi libos bo‘lib qolmoqda.

Yana o‘qing:  SARATONGA QARSHI YANGI VOSITA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: