Soch to‘kilyaptimi?

Bugungi kunda aptekalar va turli internet do‘konlarda soch uchun vitaminlar mavjud. Bunday vitaminlarni o‘zboshimchalik bilan qabul qilish yaramaydi. Agar sochingizni tarash vaqtida taroqda juda ko‘p sochlar qolayotga-nini ko‘rsangiz, vahima qilishga shoshilmang. Sog‘lom tana har kuni yuztagacha sochni yo‘qotadi. Agar kunlik soch to‘kilishi me’yordan oshsa, sababini izlash kerak. Vaqtni sarflamaslik uchun, hech bo‘lmaganda soch o‘sishini rag‘batlanti-radigan vitaminlarni iste’mol qiling.

To‘kilishning barcha sabablarini ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin.
Soch to‘kilishining birinchi guruhi. Tananing testosteronga sezgirligini oshishi. Bu androgenik alopesiyani keltirib chiqaradigan erkak jinsiy gormoni ta’siri, afsuski, ko‘pincha ayollarga ham ta’sir qiladi. Bunday holda, sochlar, birinchi navbatda, yuzning chakka qismlarida, keyin esa boshning uch qismi sochlari to‘kiladi. Ayollarda androgenik alopesiya tufayli soch to‘kilishi kamdan-kam hollarda erkak­larnikiga o‘xshab kallikni keltirib chiqaradi, ular odatda ayol gormonlari bilan himoyalangan, ammo sochlarning to‘kilishi boshqa juda ko‘p muammolarga olib keladi. Soch follikulalarining gormonlarga nisbatan sezgirligi oshgani sababli sochlarning to‘kilishini hech qanday vitaminlar, shampunlar yoki mas­kalar to‘xtata olmaydi. Yagona ishonch­li vosita – bu gormonlarning soch follikulalariga ta’sirini butunlay to‘sib qo‘yadigan dorilar. Bunday vositalarni gormonal muvozanat buzilganda bir umr ishlatishingiz kerak bo‘ladi.


Soch to‘kilishining ikkinchi guruhi. Soch to‘kilishining ikkinchi guruhi soch ildizlarining normal oziqlanishi buzilgan holatlar tufayli kelib chiqadi. Bu quyidagi sabablar tufayli bo‘lishi mumkin:


• oziq-ovqatda protein – oqsil yetishmasligi. Soch o‘z tuzilishi bilan, avvalambor, oqsil bo‘lib, sochlarning qalin va kuchli boshi uchun tanaga qurilish materiali kerak. Agar oqsil yetarli bo‘lmasa, tana uni boshqa maqsadlarga yuboradi. Masalan, fermentlarning normal ishlashini ta’minlash, suyaklar, bo‘g‘imlar va mushak­larni qurish – xullas, kundalik yashash uchun sochlardan ko‘ra zarurroq bo‘lgan boshqa narsalar; Bunday holatlarda soch uchun vitaminlar qabuli ham bunday vitaminlarni o‘z tarkibiga olgan mahsulotlar iste’moli ham yordam beradi.
• tanada vitaminlar va minerallarning yetishmasligi (gipovitaminoz). Vitaminlar va minerallarning yetishmasligi xavfi osh­qozon-ichak trakti kasalliklari, disbiyoz bilan og‘rigan odamlarda kuchayadi, chunki vitaminlar oshqozon va ichakda so‘riladi va qisman sintezlanadi. Shuning­dek muvozanatsiz parhez qiladigan odamlar ham ko‘pincha gipovitaminoz bilan og‘riydilar;
• bosh terisi yallig‘lanish jarayonlari. Eng ko‘p uchraydigan muammolardan biri bu seboreik dermatit bo‘lib, u aholining 11,8 foizini qamrab oladi. Bunga qo‘shimcha ravishda, ekzema, psoriaz kasalligi va zamburug‘li terining shikastlanishi soch to‘kilishiga sabab bo‘lishi mumkin;
• surunkali stress. Birinchidan, bu gormonal muvozanatning buzilishini keltirib chiqaradi, bu esa soch o‘sishiga ta’sir qiladi. Ikkinchidan, surunkali stress bilan organizmning vitamin va minerallarga bo‘lgan ehtiyoji ortadi, bu esa nisbatan to‘yimli diyetada ham gipovitaminozga olib kelishi mumkin;
• tug‘ruqdan keyingi gormonal o‘zgarishlar. Homiladorlik paytida soch follikulalarining faolligi oshadi. Tug‘ilgandan so‘ng, gormonal muvozanat yana o‘zgarganda, homiladorlik paytida «uyg‘ongan» ildizlarning bir qismi harakatsiz holatga qaytadi, bu esa tug‘ruqdan taxminan uch oy o‘tgach faol «soch to‘kilishi» bilan namoyon bo‘ladi. Bu oddiy jarayon, shuning uchun vahimaga tushmaslik kerak; Bunday holatlarda soch uchun vitaminlar organizmni tiklash uchun qo‘shimcha yordam sifatida ishlatiladi.
• endokrin tizim kasalliklari: qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi, qandli diabet va hokazo. Bunday kasalliklarda soch uchun vitaminlar yordam bermaydi.
Ko‘rib turganingizdek, sochlarning to‘kilishiga olib keladigan muammolarning aksariyati vitaminlar yoki minerallar yetishmasligidan kelib chiqadi.
Soch uchun vitaminlar va mineral komplekslar tanani sochlarning qalin va chiroyli bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan moddalar bilan ta’minlaydi.

Yana o‘qing:  Tepkiga qarshi vaksina kasallikdan qanday himoyalaydi?

A vitamini teri va soch follikulalarini o‘z ichiga olgan to‘qimalarning yangilanishini yaxshilaydi, terining shilinishini kamaytiradi.
C vitamini temir metabolizmini normallashtiradi, qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi va sog‘lom terini saqlaydi.
Vitamin B5 (pantotenik kislota) yangilanishni tezlashtiradi. Ushbu vitamin yetishmasligida soch o‘sishi buzilishi va erta oq sochlar paydo bo‘lishi mumkin.
Vitamin B6 asab tizimining normal ishlashini, terining, sochlarning, tirnoqlarning optimal holatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Biotin terida, soch va tirnoqlarda optimal metabolizmni ta’minlashga yordam beradi.
Rux – A vitaminining singishini yaxshilaydi, terining va sochlarning tiklanishini rag‘batlantiradi.
Selen – taniqli antioksidant, bu stress bilan kurashishga yordam beradi.
Xrom qondagi qand miqdorini, lipid­lar almashinuvini normallashtirishga yordam beradi, sochlar va tirnoqlarning o‘sishini rag‘batlantiradi.
Mis organlar va to‘qimalarning kislorod ochligining oldini oladi, qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi. Uning yetishmovchiligida erta oq sochlar paydo bo‘lishi mumkin.
Marganes – uglevod va lipid almashinuvini normallashtiradi, immun reaksiyalarda, melanin sintezida (sochlarning normal rangini saqlovchi pigmentda) ishtirok etadi.
Inozitol immunitet tizimini mus­tahkamlaydi, aqliy faoliyat va xotirani rag‘batlantiradi. Yuzni yaxshilaydi. Soch follikulalarini kuchaytiradi, soch to‘kilishining oldini oladi, quruqlik va mo‘rtlikni yo‘q qiladi.
Ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar, ehtiyotkorlik bilan, 30 kunlik vitamin iste’mol qilish kursini tavsiya qiladilar. Ammo soch o‘sishi siklining davomiyligini hisobga olgan holda, vitamin-mineral kompleksini kamida uch oy ketma-ket qabul qilish yaxshidir.
Vitaminlar qabuli ovqatlanish ratsionini muvozanatini tiklash bilan birga bo‘lishi kerak.


Vitaminlar qabulidan oldin, ularning bir-biriga to‘g‘ri kelishini va qaysi biri sizga zarurroq ekanini aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashishni unutmang!

Zuhra TOSHEVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: