Uy sharoitida bolalarning bo‘yi normal o‘sishi uchun nima qilish kerak?

Farzandingizning bo‘yi me’yorida bo‘lishi uchun sport mashqlariga e’tibor qarating. Sakrash, turnikda osilish, voleybol, basketbol sport turlariga jalb qiling. Bola jismoniy faollik bilan band bo‘lsa, unda ochlik hissi paydo bo‘ladi. Bu esa o‘sish gormoni ko‘proq ishlab chiqilishini ta’minlaydi.

Taomnoma oqsilga boy mahsulotlar, sut-qatiq, go‘sht, tuxum, ko‘katlar hamda dukkakli mahsulotlarga boy bo‘lsa, bo‘y bilan bog‘liq muammolar ko‘p bezovta qilmaydi. Shuni unutmangki, har qanday kasallikning oldini olishning birinchi talabi bu sog‘lom turmush tarziga amal qilishdir.
Tibbiyotda har bir odam organizmining pasport yoshi va suyak yoshi degan tushuncha bor. Qo‘l kafti rentgen tekshiruvi o‘tkazilganida suyaklar soniga ko‘ra cuyak yoshi aniqlanadi. Me’yorda pasport yoshi suyak yoshi bilan teng bo‘lishi lozim.
Bo‘y o‘sishining ortda qolishi shu kabi tekshiruvlarda ko‘rinadi. Masalan, bolaning pasport yoshi 10, suyak yoshi esa 3 yoshga mos keladi. Farqi: 7 yosh bo‘lyapti.
Zamonaviy tibbiyotda rentgen tekshiruvi orqali tashxis aniq bo‘lgach, terapiya muolajasi qilinadi.


Bo‘yni o‘stirishda qo‘llaniladigan terapiya muolajasi ikki usulda: uzluksiz va muddatli ko‘rinishda bo‘ladi. Davolanish jarayonida bola o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazib turilib, o‘sish doiralari berkilib qolmayotgani nazorat qilinadi.
Shuningdek, preparatlarni o‘z vaqtida, belgilangan tartibda qabul qilish ham asosiy shartlardan biri. Agar bilib-bilmay bo‘y o‘stiruvchi gormondan foydalanilsa, nojo‘ya ta’siri kuzatilishi mumkin. Shu bois ham mutaxassis bilan bamaslahat kerakli muolaja olinishi lozim.

Davolash bir yil davomida amalga oshiriladi. Ikki yoki uch oyda to‘xtatib qo‘yilsa, hech qanday naf bo‘lmaydi. Bu jarayonni ertaroq boshlagan ma’qul. Balog‘at yoshidan keyin bo‘y o‘stirish muolajasi ta’sir qilmasligi tibbiyotda ko‘p kuzatilgan.

Nasiba ALIMOVA,

tibbiyot fanlari nomzodi

Yana o‘qing:  Vaqti-vaqti bilan tamaki chekish ham doimiy chekish kabi zararli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: